👥 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri
I. Masharipov,
⚖️ “Madad” NNT huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi
O. Ataxanov hamda
🤝 O‘zbekiston Respublikasi XDP tuman Kengashi raisi O.Akimova hamkorligida mahalla faollari va jamoat vakillari ishtirokida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
📚 Tadbir davomida fuqarolarga:
✅ Mehnat va ijtimoiy huquqlar
✅ Oilaviy munosabatlardagi huquqiy masalalar
✅ Murojaat qilish tartibi
✅ Bepul huquqiy yordam olish imkoniyatlari
✅ Qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar
bo‘yicha tushuntirish va huquqiy maslahatlar berildi.
🗣 Tadbirda aholining huquqiy savodxonligini oshirish, qonunlarga hurmat ruhini mustahkamlash hamda fuqarolarning muammolariga huquqiy yechim topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.