Qabriston hududidagi xavfli elektr ustunlari bo‘yicha deputatlik so‘rovi chiqarildi
✍️Beshbola va Birlik qabristonlarining ichki qismida joylashgan elektr toki ustunlari yaroqsiz holatga kelib qolgani aholi tomonidan bildirilmoqda.
📈 Mazkur ustunlar eskirgan va xavf tug‘dirishi mumkinligi sababli ularni tezkorlik bilan olib tashlash zarurligi ta’kidlanmoqda.
❇️ Ayniqsa, qabrlar joylashtirilgandan keyin elektr ustunlarini olib tashlash ishlari yanada murakkablashishi inobatga olinib, bu muammoni kechiktirmasdan hal etish muhim ahamiyat kasb etadi.
❇️Ushbu masala yuzasidan xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati X.Turdiyev tomonidan elektr tarmoqlari korxonasiga deputatlik so‘rovi chiqarildi.
📈 Aholi xavfsizligini ta’minlash va qabriston hududlarini tartibga keltirish bo‘yicha ishlar nazoratga olingan.