Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Baxriddin Nurmatov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallalarda muloqot va rivojlanish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati T.Shomansurov kotibiyat bosh mutahassisi U.Shopotixov, XDP partiyasi Olmazor tuman Kengash raisi X.Xamidovlar tomonidan Olmazor tuman maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limining masalasi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan 181-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
"Abubakr Shoshiy” mahallasida hududiy o‘rganishlar va aholi bilan ochiq muloqot tashkil etildi
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlanmoqda
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 talik tavsiyalarga asosan Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati yuzasidan o`rganish olib borildi
янв.21
"Mustaxkam oila - jamiyat poydevori" mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbiri tashkil etildi.
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlanmoqda
янв.21
Oltinsoy mahalla fuqarolar yig‘inida aholi murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi
❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Murodxon Jo‘rayev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Murodxon Jo‘rayev 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilari oldida axborot berib, hisobot davrida olib borilgan ishlar, hududiy o‘rganishlar va ilgari surilgan tashabbuslar haqida batafsil ma’lumot taqdim etdi.

📝 Deputat tomonidan Yashnobod tumanidagi “Amir Temur” hamda “Tuzel-1” mahallalarida fuqarolar, mahalla faollari, “mahalla yettiligi” vakillari hamda mutasaddi tashkilotlar ishtirokida ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etildi. Uchrashuvlar davomida hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar va ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

📁 Ta’kidlanganidek, hisobot davrida deputat tomonidan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi asosida hududiy o‘rganishlar amalga oshirildi. Jumladan, yoshlar bandligini ta’minlash, yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini oshirish, aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, sport inshootlari va ta’lim muassasalari infratuzilmasini yaxshilash masalalari alohida nazoratga olindi.

🔎 Shuningdek, hokim yordamchilari tomonidan kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, ijtimoiy xodimlar faoliyati, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, mahalla xotin-qizlar faollari va soliq inspektorlari faoliyati samaradorligi yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.

📉 Hududlardagi ichki yo‘llar holati, tungi yoritish tizimi, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, kommunal xizmatlar sifati, elektr energiyasi, gaz, issiq va sovuq suv ta’minoti bilan bog‘liq muammolar ham deputatlik nazorati doirasida atroflicha o‘rganildi. Bundan tashqari, boshqaruv kompaniyalari faoliyati, ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari va yerto‘lalarining holati, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish ham muhokama markazida bo‘ldi.

💡 Deputat tomonidan park va xiyobonlar holati, jamoat transporti harakati, avtobus bekatlaridagi sharoitlar, nogironligi bo‘lgan shaxslarga yaratilayotgan imkoniyatlar, davlat xizmatlari sifati, hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda investitsiya loyihalari va aholi bandligi masalalari yuzasidan ham tizimli monitoring olib borildi.

📣 Hisobot davomida Murodxon Jo‘rayev Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyalarida hamda tegishli doimiy komissiyalar faoliyatida faol ishtirok etib, aholi manfaatlarini himoya qilish, hududlarni kompleks rivojlantirish va mavjud muammolarni manzilli hal etishga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surgani qayd etildi.

🗣 Uchrashuvlar yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar asosida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari yuborish hamda navbatdagi sessiyalarga kiritiladigan masalalarni joyiga chiqib o‘rganish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

⚡️Mazkur ochiq muloqotlar aholi bilan samarali aloqani mustahkamlash, hududiy muammolarni tizimli hal etish hamda deputatlik nazoratining amaliy samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Slide 1 of 1