O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-495-sonli qarori hamda Samarqand viloyati Kengashining 2025-yil 30-dekabrdagi qaroriga muvofiq, “Zarbdor tajribasi” asosida hududlarda muhim drayver loyihalar amalga oshirilmoqda.
🔹 Jami: 2 ta obyekt
💰 Umumiy qiymati: 5 400 mln so‘m
👩💼 Deputat F. Xolmuratova mas’ul loyihalar:
“A.Temur”, “Po‘latchi”, “Sazag‘on”, “Samarqand”, “Havuzak” MFYlarda:
✔️ 4 km yo‘l asfaltlash
✔️ 2,1 km salomatlik yo‘lakchasi qurish
✔️ 150 dona ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish
💰 Ajratilgan mablag‘: 4 400 mln so‘m
👨💼 Deputat M. Pardayev mas’ul loyiha:
“Olti Qaxramon” MFYda:
✔️ 7 km SIP kabel tortish orqali elektr ta’minotini yaxshilash
💰 Ajratilgan mablag‘: 1 000 mln so‘m
✅ Ushbu loyihalar hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholiga qulaylik yaratish va turmush sifatini oshirishga xizmat qiladi.