Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo`yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Olmazor tumani Bo`stonobod mahalla fuqarolar yig`inlaridagi moshinalar qatnaydigan yo‘l va piyodalar xarakatlanadigan yo‘lak ta’mir talab ahvoldaligi yuzasidan deputatlik so‘rovi kiritildi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati A.Xasanov, XDP partiyasi Olmazor tuman Kengash raisi X.Xamidovlar ishtrokida 315-sonli umumta’lim maktabdagi o’qituvchilar murojaatini tinglandi.
янв.21
Xalq vakili MFYda "yettilik" vakillari bilan uchrashib, 24 ta tavsiyaviy savolnoma bo‘yicha suhbat olib bordi
янв.21
Olmazor tumani Orzu mahalla fuqarolar yig`inlariga hududida joylashgan Nuroniylar maskani masalasi yuzasidan deputatlik so‘rovi kiritildi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Umida Fayziyeva 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarida “Mahalliy Kengash deputatlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamkorlik munosabatlari” mavzusida seminar tashkil etildi.
янв.21
Olmazor tumani Ziyokor Mahalla fuqarolar yig`inlarida uchrashuv o`tkazildi.
янв.21
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida yoshlarning  taklif va mulohazalari tinglandi
Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi A. Maxammatov hamda komissiya a’zosi B. Kulbuldiyevlar tomonidan “Navbaxor mebel” MChJ faoliyati ko‘zdan kechirildi.

#Doimiy_komissiya_faoliyati 

#Deputatlar_faoliyati 

Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi A. Maxammatov hamda komissiya a’zosi B. Kulbuldiyevlar tomonidan “Navbaxor mebel” MChJ faoliyati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, mazkur tadbirkor o‘z faoliyatini 5 yil avval “Yoshlar – kelajagimiz” dasturi doirasida ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘lari asosida yo‘lga qo‘ygan. Bugungi kunda korxona faoliyati barqaror rivojlanib, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan holda faoliyat yuritib kelmoqda.

Shuningdek, tadbirkor tomonidan 20 nafardan ortiq ishsiz fuqarolarning doimiy bandligi ta’minlangan bo‘lib, ular uchun munosib mehnat sharoitlari yaratilgan. Korxonada ishlab chiqarilayotgan mebel mahsulotlari ichki bozor talabini qondirish bilan birga, mahalliy iqtisodiyot rivojiga ham salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)

Slide 1 of 3