🔷O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashiga 22-“Chimgan” okrugidan saylangan deputat N.Nadirova “Yangiqo‘rg‘on” mahallasida saylovchilariga 2026-yil birinchi chorak davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.
🔷Uchrashuvda O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tuman kengash raisi N.Tursunova, “mahalla yettiligi” a’zolari, kotibiyat xodimi N.Kurganova tegishli tashkilot va korxona mas’ullari ishtirok etdilar.
🔷Uchrashuv davomida deputat tomonidan 2026-yilning birinchi choragi mobaynida amalga oshirilgan ishlar, jumladan, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish, aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish, bandlikni ta’minlash, infratuzilmani yaxshilash hamda qonunchilik ijrosi yuzasidan olib borilgan ishlar haqida batafsil axborot berildi.
🔷Uchrashuv yakunida saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, kelgusidagi ustuvor vazifalar va rejalashtirilgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.