Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati Ilhom Karabayev Farhod mahallasi hududida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Xususan, aholi tomorqalarini sug‘orish uchun yotqizilayotgan suv latoklarining holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mavjud kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi hamda mas’ullarga ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Amalga oshirilayotgan ishlar sifatini oshirish va aholiga qulay sharoit yaratish doimiy nazoratda bo‘lib qoladi.