Bo‘ston mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining 20-Bo‘ston saylov okrugida joylashgan Bo‘ston mahallasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini tuman Kengashi deputati F. Temirov o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida Bo‘ston mahallasi raisi N.Ubaydullayeva tomonidan hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolar murojaatlarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, hududda mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilinib, tegishli tavsiyalar berildi.