Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi doimiy komissiyasi tomonidan Tashabbusli byudjet loyihalari ijrosi o‘rganildi
📌 Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashining “Yakkasaroy tumani “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi “Ochiq byudjet” axborot portali orqali tashabbusli byudjet jarayonining 2026-yil I mavsumida eng ko‘p ovoz to‘plagan taklif loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha manzilli ro‘yxatni tasdiqlash hamda mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida”gi 2026-yil 26-martdagi III-26-35-14-207-K/26-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
▪️ Mazkur qarorga asosan, Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari tomonidan tashabbusli byudjet loyihalarining amaliy ijrosi yuzasidan joylarga chiqib o‘rganish ishlari tashkil etildi.
▪️ Xususan, Yakkasaroy tumani tashabbusli byudjet loyihasining 2026-yil I mavsumida fuqarolar tomonidan faol ovoz berish orqali qo‘llab-quvvatlangan va g‘olib deb topilgan loyihalar doirasida, Yakkasaroy tumani “Damariq” mahallasida joylashgan 8-son tug‘ruq kompleksi binosidagi eski liftni yangisiga almashtirish, shuningdek binoni rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlari holatini o‘rganish maqsadida mazkur obyektga tashrif buyurildi.
▪️ O‘rganish jarayonida 8-son tug‘ruq kompleksi binosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan liftni yangilash, rekonstruksiya qilish hamda mukammal ta’mirlash ishlari yuzasidan mavjud holat batafsil ko‘zdan kechirildi. Jumladan, binoning texnik holati, rekonstruksiya va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar, loyiha asosida bajarilishi rejalashtirilgan ishlar hajmi hamda ularning sifatli tashkil etilishi masalalari atroflicha muhokama qilindi.
▪️ Mazkur o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Maxkamov Javoxir Mirvasilovich, komissiya a’zolari — Alimov Obid Karimdjonovich, Ziyarxodjayev Batir Nasrullayevich, shuningdek Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi bosh mutaxassisi D. Abdullajonov hamda Yakkasaroy tumani 8-son tug‘ruq kompleksi mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.
▪️ Ular tomonidan 8-son tug‘ruq kompleksi hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlarining hozirgi holati joyiga chiqib o‘rganildi, hamda loyiha doirasida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarning sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
▪️ Shuningdek, mazkur loyiha doirasida amalga oshiriladigan qurilish-ta’mirlash ishlarining belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilishini ta’minlash, ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishini nazorat qilish yuzasidan mas’ul tashkilotlar oldiga tegishli vazifalar qo‘yildi.
✏️ Yuqoridagi holat yuzasidan mazkur loyiha ijrosi doimiy nazoratga olindi hamda kelgusida uning borishi yuzasidan tizimli monitoring olib borilishi belgilandi.