Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati Sh.To‘raqulova O`zbekobod mahallasida do`konlardagi narx-navolarni o‘rgandi. O‘rganishda aholi iste’moli uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj mahsulotlarining narx-navosi, ularning sifat darajasi hamda mahsulotlar yetarliligi atroflicha tahlil qilindi.
Olib borilgan o‘rganishlar jarayonida sotuvchilar va xaridorlar bilan muloqotlar o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Ayrim holatlarda narxlar barqarorligini ta’minlash, mahsulotlar sifatini yanada oshirish hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.