Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashi deputati Dj.Shaxmayev va kotibiyat mudiri Q.Bobojonov Qolg‘onsir mahallasidagi 33-sonli umumta’lim maktabida aholi bilan uchrashuv o`tkazdilar. Mahalladagi muammolar hususan, maktabda ta’limni sifatli, tashkil etish sharoitlari bilan tanishdilar.
Maktab jamoasi bilan kechgan samimiy suhbatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda maktab infratuzilmasini yanada yaxshilash borasidagi takliflar o‘rganildi.
Deputatlar maktab faoliyatini o‘rganish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdilar.