35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
“Gulzor” MFYda huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
"Eski shahar" MFY mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar bilan ishlash samaradorligi ko‘rib chiqildi
янв.21
Ziyokor MFYda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
GULZOR MFY HUDUDIDA OBODONLASHTIRISH VA TOZALIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BILAN MULOQOT: IJTIMOIY KO‘MAK VA MUROJAATLAR O‘RGANILDI
янв.21
“ZIYOKOR” MFY HUDUDIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
22-SONLI MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HUDUDDA DEPUTATLIK O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAMLAKATIMIZDA EKOLOGIK BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA PARLAMENTNING ROLI
янв.21
TABIATNI MUHOFAZA QILISH — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ!
Navro‘z mahallasida chiqindi konteynerlari holati o‘rganildi.

 Navro‘z mahallasida chiqindi konteynerlari holati o‘rganildi.  

📌 Navro‘z mahallasi hududida, xususan Zarafshon ko‘chasida joylashgan maishiy chiqindi konteynerlarining holati joyiga chiqib o‘rganildi.

 O‘rganish ishlari aholi tomonidan kelib tushgan murojaatlar va e’tirozlar asosida tashkil etildi.   

O‘rganish davomida chiqindi konteynerlari noto‘g‘ri joylashtirilgani, yo‘l yoqasiga juda yaqin masofada o‘rnatilgani ma’lum bo‘ldi.

 Bu holat nafaqat piyodalar va transport harakatiga noqulaylik tug‘dirmoqda, balki sanitariya talablariga ham to‘liq javob bermaydi.

Mazkur vaziyat aholi o‘rtasida haqli e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda hamda hududning obodonlashtirish holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.  

Navro‘z mahallasida sanitariya holatini yaxshilash, aholi uchun qulay va ozoda muhit yaratish maqsadida mazkur masala qat’iy nazoratga olindi.

 Zero, obod va toza mahalla — farovon hayot garovidir.  

Slide 1 of 3