Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
“Bitiruvchi – 2026” tantanalari ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda!
янв.21
Olmazor tuman Istiqbol mahallasida deputat tomonidan muammo va kamchiliklar o‘rganildi
янв.21
"Qamarniso" okrugida “Yashil makon” doirasida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Yoshlar siyosati amalda: “Qorasaroy” mahallasida DXX kubogi final bosqichi o‘tkazildi
янв.21
Tepaguzar mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Olmazor tumanida Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlanmoqda
янв.21
“Quyosh” mahallasi hududidagi 569-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari uchun ekologik bayram tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
“Mahalla yettiligi” bilan hamkorlik – hududiy muammolar yechimining muhim omili
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J.Xudoyqulova tumandagi “Bog‘bonlar yurti” mahallasida bo‘lib, mahalla hokim yordamchisi hamda yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J.Xudoyqulova tumandagi “Bog‘bonlar yurti” mahallasida bo‘lib, mahalla hokim yordamchisi hamda yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, yoshlar bilan ishlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi.

Shuningdek, hokim yordamchisining aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikning oldini olish bo‘yicha olib borayotgan ishlari yuzasidan joylarga chiqildi. Imtiyozli kredit asosida issiqxonachilik bilan shug‘ullanayotgan hamda chorvachilik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan oilalar holati ko‘zdan kechirildi. Ularning faoliyati, daromad manbalari va mavjud muammolari yuzasidan suhbat o‘tkazildi.

O‘rganish yakunida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, aholi bandligini oshirish hamda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 9