Yoshlar sporti va ta’lim maskanlari — doimiy e’tiborda!
Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga asosan tumanning "Qaytmas” mahallasida joylashgan 5-sonli umumta’lim maktabining sport zallari, maydonlari va ularning jihozlanish holatlari Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi 22-Qaytmas saylov okrugi deputati A.Altinov nomidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov hamda maktab rahbariyati ishtirokida o‘rganildi.
O‘rganishning asosiy maqsadi: O‘rganish davomida maktablardagi sport zallarining texnik holati, sport maydonlarining talab darajasida jihozlanganligi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda mavjud sport anjomlarining sifati va yetarliligi atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shu bilan birga, maktablarda o‘quvchilarni sportga jalb etish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilayotgani, sport to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!