Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati I.Soliyev nomidan Kengash kotibiyati mudiri B.Baxovadinov tomonidan O‘rta Chirchiq tumani IIB voyaga yetmaganlar bo‘yicha inspektor-psixologi, katta leytenant Aliyorova Gulbahor Abdulmavlon qizi bilan suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentabrdagi O‘RQ-263-sonli “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, nazoratsiz qolishiga sabab bo‘luvchi omillarni aniqlash hamda huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan voyaga yetmaganlar bilan profilaktik ishlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Voyaga yetmaganlar o‘rtasida sog‘lom muhitni shakllantirish, oila, ta’lim muassasalari va tegishli tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish hamda qonun ijrosini ta’minlash yuzasidan fikr almashildi.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!