Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
BOBUR MAHALLASIDAGI MUROJAAT JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 14-Nurafshon saylov okrugi deputati S.Jurayeva tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
MA’ORIF MAHALLASIDA IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI — ODDIY XAT EMAS!
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGI VA FAOLLIGI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 1-Uvaysiy saylov okrugi deputati Madaminova Shoiraxon Toxirjon qizi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazib, 2026-yilning uchinchi choragida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.
янв.21
MADANIYAT BO‘LIMI TASARRUFIDAGI AXBOROT-KUTUBXONA FAOLIYATI HAM DEPUTATLAR NAZORATIDA
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati G. Islamova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri N. Turdiyev tomonidan Ahillik mahallasi Turkiston ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida uylarning tom qismi, mavjud infratuzilmasi hamda sovuq mavsumni betalafot o‘tkazish uchun amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari holatiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va aholiga qulay sharoit yaratish masalalari muhokama qilindi.

Mavsumga tayyorgarlik ishlarini sifatli tashkil etish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3