Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
BOBUR MAHALLASIDAGI MUROJAAT JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 14-Nurafshon saylov okrugi deputati S.Jurayeva tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
MA’ORIF MAHALLASIDA IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI — ODDIY XAT EMAS!
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGI VA FAOLLIGI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 1-Uvaysiy saylov okrugi deputati Madaminova Shoiraxon Toxirjon qizi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazib, 2026-yilning uchinchi choragida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.
янв.21
MADANIYAT BO‘LIMI TASARRUFIDAGI AXBOROT-KUTUBXONA FAOLIYATI HAM DEPUTATLAR NAZORATIDA
#Kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_masala #Deputat_daftar

Aholi murojaatlarini o‘rganish, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni joyida aniqlash hamda ularning amaliy yechimini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputatlari tomonidan saylov okruglarida uyma-uy o‘rganish va aholi bilan ochiq muloqotlar olib borilmoqda.

Jumladan, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining kunlik ish rejasiga muvofiq, 18-“Olmazor” saylov okrugidan saylangan deputat Xurram Ziyatovich Xo‘jaqulov tomonidan saylov okrugidagi xonadonlarga tashrif buyurilib, fuqarolarning murojaatlari, takliflari va mavjud muammolari o‘rganildi.

📍 O‘rganish davomida:

✅ Aholi muammolari joyida o‘rganildi. Xonadonlarga tashrif davomida fuqarolarning yashash sharoitlari bilan tanishilib, xususan, toza ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammo aniqlandi.

✅ Fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Aholining murojaat va takliflari tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan zarur choralarni ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

✅ Deputatlik so‘rovi yuborildi. Aniqlangan muammoni qonuniy tartibda hal etish va fuqarolar murojaati yuzasidan tegishli amaliy choralar ko‘rilishini ta’minlash maqsadida deputat tomonidan mas’ul tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Aholi bilan bevosita muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimi ustidan nazorat olib borish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Deputat va xalq muloqoti — muammolar yechimi va aholi manfaatlarini ta’minlashning muhim omili!

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3