Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGI VA FAOLLIGI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 1-Uvaysiy saylov okrugi deputati Madaminova Shoiraxon Toxirjon qizi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazib, 2026-yilning uchinchi choragida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.
янв.21
MADANIYAT BO‘LIMI TASARRUFIDAGI AXBOROT-KUTUBXONA FAOLIYATI HAM DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
MADANIYAT MUASSASASIDA MAVSUMIY TAYYORGARLIK VA YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
MADANIYAT SOHASIDAGI FAOLIYAT, YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
MADANIYAT SOHASIDA QONUNCHILIK IJROSI VA FAOLIYAT SAMARADORLIGI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
2-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR VA QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
DAVLAT TILI — MILLIY O‘ZLIGIMIZ VA QONUN USTUVORLIGINING MUHIM ASOSI
янв.21
ONA TILIMIZ — MILLIY O‘ZLIGIMIZ VA MA’NAVIY QADRIYATIMIZ TIMSOLI
KO‘P KVARTIRALI UYLARDA ISSIQ VA SOVUQ SUV BILAN TA’MINLASH, ELEKTR ENERGIYASI, GAZ BILAN BOG‘LIQ MASALALAR HAMDA “KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.

KO‘P KVARTIRALI UYLARDA ISSIQ VA SOVUQ SUV BILAN TA’MINLASH, ELEKTR ENERGIYASI, GAZ BILAN BOG‘LIQ MASALALAR HAMDA “KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 3-“Bog‘bon” saylov okrugidan saylangan deputat To‘layev Eldor Zafaritdin o‘g‘li tomonidan deputatlik nazorati doirasida tuman Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limida ko‘p kvartirali uylarni saqlash, kommunal xizmatlar sifati hamda “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
❇️ O‘rganish davomida bo‘lim bosh mutaxassislari Mirjalolov Dilshod hamda Yo‘ldoshev Davronjon bilan muloqot o‘tkazilib, boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) faoliyati, ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari muhokama qilindi.
Shuningdek, ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qiluvchi aholining issiq va sovuq suv, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz bilan ta’minlanish holati yuzasidan ma’lumotlar olindi. Kommunal xizmatlar bilan bog‘liq muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, xizmatlar uzluksizligini ta’minlash hamda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
📊 Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Parkent tumanida jami 169 ta ko‘p kvartirali uy mavjud bo‘lib, ularga 4 ta boshqaruv servis kompaniyasi xizmat ko‘rsatmoqda.
❇️ Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida “PARKENT YOG‘DUSI BSK” MChJ tomonidan “Istiqbol” MFY, A. Navoiy ko‘chasidagi 1-, 2- va 3-ko‘p kvartirali uylarning 8 ta kirish yo‘lagini ta’mirlash ishlari yakunlangan.
Shuningdek, “POLETAEVA KOMMUNAL” MChJ tomonidan “Fayzobod” MFY, Mustaqillik ko‘chasidagi 61-uy tom qismini ta’mirlash ishlari tugatilgan. Boshqa manzillarda tom qismlarini ta’mirlash, kirish eshiklarini zamonaviy temir eshiklarga almashtirish va deraza romlarini yangilash ishlari davom etmoqda.
❇️ Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-son qarori asosida “Quyosh” MFYdagi ko‘p kvartirali uylar tutash hududlarida irrigatsiya tarmoqlarini qurish va yo‘laklarni betonlashtirish, “Oydin” MFY, Poletayeva ko‘chasidagi 27-uy hududida zamonaviy bolalar maydonchasini barpo etish ishlari olib borilmoqda.
❇️ Joriy yil davomida boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan 55 ta ko‘p kvartirali uyda ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. Jumladan, 27 ta uyning kirish yo‘laklari, 2 ta uyning yerto‘lasidagi muhandislik kommunikatsiyalari ta’mirlangan hamda 44 ta uyga jami 276 dona energiya tejamkor sensorli chiroq o‘rnatilgan.
❓ Qonun ijrosi yuzasidan deputat tomonidan mas’ullarga quyidagi savollar berildi:
1️⃣ “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiq, boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan uy-joy fondini saqlash, umumiy foydalanish joylarini ta’mirlash va kommunal xizmatlar sifatini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlar bajarilishi qanday nazorat qilinmoqda?
2️⃣ Ko‘p kvartirali uylarda issiq va sovuq suv, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, uy-joy fondini 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumiga to‘liq tayyorlash bo‘yicha qanday choralar ko‘rilmoqda?
❇️ Berilgan savollar yuzasidan mas’ullarning tushuntirishlari tinglanib, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish samaradorligini oshirish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash va belgilangan ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida yakunlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida qonunchilik ijrosini ta’minlash, aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish hamda fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3