A.Navoiy mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari A.Uljayeva va D.Egamqulova, shuningdek, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Kenjayev tomonidan A.Navoiy mahallasi Samarqand ko‘chasidagi 11–12-sonli ko‘p qavatli uylar yonida umumiy foydalanish uchun hojatxona qurish ishlari holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mazkur hududda hojatxona qurilishi uchun tayyorgarlik ishlari olib borilayotgani aniqlandi. Ushbu qurilish ishlari yakunlangach, hudud aholisiga qo‘shimcha qulaylik yaratish hamda sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi.