Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
30-MAKTABDA SPORT INFRATUZILMASI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
IPAKCHI MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALAR HOLATI XONADONMA-XONADON O‘RGANILDI
янв.21
IPAKCHI MAHALLASIDA AHOLI TURMUSH SHAROITI VA IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLIY KENGASH KOTIBIYATLARI FAOLIYATI HAFTALIK SARHISOB QILINDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda manzilli o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
SESSIYA OLDIDAN O‘RGANISH: MILTIQSOZ MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTI MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI
янв.21
RASMIY SAHIFALARIMIZNI KUZATING!
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
INVESTITSIYALAR VA INVESTITSIYA FAOLIYATI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI HAMDA HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR HOLATI O'RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, Kengash kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda Xalq deputatlari tuman Kengashiga 3-“Bog’bon” saylov okrugidan saylangan deputat To’layev Eldor Zafaritdin o’g’li Parkent tumani hokimining investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i Dilovarov Dilyor Abror o‘g‘li bilan uchrashdi.
🟢 Uchrashuv davomida “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi, tumanda xorijiy investitsiyalarni jalb etish va o‘zlashtirish holati, hududiy investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi hamda eksport ko‘rsatkichlari o‘rganildi.
💰 XORIJIY INVESTITSIYALAR: 109,4 MILLION DOLLAR O‘ZLASHTIRILDI
📈 2026-yil uchun xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish rejasi 150 million AQSH dollarini tashkil etadi.
📌 Joriy yilning yanvar–sentabr oylari yakunlariga ko‘ra:
🔹 O‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi — 109,4 million AQSH dollari;
🔹 Yillik rejaga nisbatan bajarilish — 73 foiz;
🔹 To‘qqiz oylik reja — 65,8 million AQSH dollari;
🔹 To‘qqiz oylik rejaga nisbatan bajarilish — 166 foiz;
🔹 O‘tgan yilning mos davrida 59,6 million AQSH dollari o‘zlashtirilgan bo‘lib, joriy davr ko‘rsatkichi qariyb 1,8 baravarni tashkil etdi.
🏗 HUDUDIY LOYIHALAR — YANGI ISH O‘RINLARI MANBAI
🔹 2026-yilda hududiy investitsiya dasturlari doirasida umumiy qiymati 35,3 million AQSH dollariga teng 17 ta loyihani ishga tushirish va buning natijasida 755 ta yangi ish o‘rni yaratish belgilangan.
📊 Yanvar–sentabr oylarida esa:
🔹 Umumiy qiymati 0,5 million AQSH dollariga teng 5 ta loyiha ishga tushirilgan;
🔹 31 ta yangi ish o‘rni tashkil etilgan.
🔹 Yangi loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirish, investitsiyalarni samarali o‘zlashtirish va aholi bandligini oshirish hudud iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
🚛 EKSPORT: 62,8 MILLION DOLLARLIK MAHSULOT
🌍 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Parkent tumanining eksport hajmi 62,8 million AQSH dollarini tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davridagi 61 million AQSH dollariga nisbatan 103 foiz demakdir.
📦 Eksport tarkibi quyidagicha:
🏭 Sanoat mahsulotlari:
— 32,5 million AQSH dollari;
— o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107 foiz.
🍎 Meva-sabzavot mahsulotlari:
— 30,3 million AQSH dollari;
— o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 97,9 foiz.
📌 DEPUTATLIK NAZORATINING ASOSIY YO‘NALISHLARI
Uchrashuv davomida investitsiya loyihalarining belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi, xorijiy investitsiyalarni to‘liq o‘zlashtirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish hamda eksport salohiyatini yanada oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
✅ Investitsiya faoliyati samaradorligini oshirish, mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish va hududning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.
🟢 Investitsiya — iqtisodiy taraqqiyot, yangi ish o‘rinlari va aholi farovonligi uchun muhim omil!

Slide 1 of 4