Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

DEPUTAT VA AHOLI MULOQOTI: MUAMMOLAR YECHIMI YO‘LIDA

#haftalik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati #24_ta_muhim_masala
#deputat_yon_daftari

DEPUTAT VA AHOLI MULOQOTI: MUAMMOLAR YECHIMI YO‘LIDA

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati N.Sulaymonov haftalik ish rejasidan kelib chiqib, G'alaba mahallasida fuqarolar bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida mahalla aholisi tomonidan ko‘tarilgan masalalar, kundalik hayotda uchrayotgan muammolar hamda mavjud takliflar muhokama qilindi. Har bir murojaatni atroflicha ko‘rib chiqish, muammolarni hal etish imkoniyatlarini o‘rganish va zarur hollarda tegishli tashkilotlarga murojaat qilish masalalariga e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarni qiynayotgan masalalarga yechim topish va murojaatlar natijadorligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1