Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

XOTIN-QIZLAR VA ERKAKLAR UCHUN TENGLIK KAFOLATLARI

O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-562-sonli **“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”**gi Qonuni xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan.

⚖️Qonun ta’lim, mehnat, sog‘liqni saqlash, oilaviy munosabatlar hamda davlat boshqaruvida teng imkoniyatlarni kafolatlash, gender kamsitilishining oldini olish va fuqarolarning huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini belgilaydi.