Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Yo‘rmado‘z mahallasidagi bolalar maydonchasida aniqlangan kamchilik deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
10-sonli maktabda voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
янв.21
Hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, ishlab chiqarish salohiyatini oshirish hamda mahalliy korxonalarni tashqi bozorlarga olib chiqish iqtisodiy taraqqiyotning muhim omillaridan hisoblanadi. Bu borada tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning faoliyati uchun zarur sharoitlarni yaratish alohida ahamiyatga ega.
янв.21
FHDYO bo‘limida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
Xo‘japorso mahallasida aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Yoyilmada ehtiyojmand fuqaroning uy-joy sharoiti deputatlik nazoratidan o‘tkazildi
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
Navro‘z mahallasidagi elektr ta’minoti bo‘yicha murojaat ijobiy yechim topadigan bo‘ldi
янв.21
Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
SHIFOKOR MAHALLASIDA ASFALTLASH ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI

SHIFOKOR MAHALLASIDA ASFALTLASH ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI
Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashi kotibiyat mudiri, 8-Muborak saylov okrugi deputati N.Dedaxanova, 9-Oqtosh saylov okrugi deputati D.Jo‘rayevlar tomonidan Shifokor mahallasida amalga oshirilayotgan asfaltlash ishlarining borishi bilan tanishildi.

O‘rganish davomida hududda yo‘llarni obodonlashtirish, mavjud yo‘l qoplamasini yaxshilash hamda aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratish maqsadida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, asfaltlash jarayonining belgilangan talablar asosida, sifatli va puxta amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratildi. Aholi uchun noqulayliklarni kamaytirish va ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur obodonlashtirish ishlari mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, ko‘chalar qiyofasini obod qilish hamda fuqarolarga munosib sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1