🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi raisi, 3-Katqal’a saylov okrugidan saylangan “Adolat” SDP deputati Babajanov Jamolbek Jumabayevich Katqal’a mahallasida joylashgan 17-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.
🔎 O‘rganish davomida tashkilotning qozonxonasida ayrim kamchiliklar mavjudligi aniqlandi.
📄 Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish hamda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbari K. Babajanovga deputatlik so‘rovi yuborish belgilandi.
🤝 O‘rganishda Kengash kotibiyati mudiri I. Masharipov, tuman Kengashi deputati M. Nurjanova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov ishtirok etdilar.