🏛Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi raisi, 3-Katqal’a saylov okrugidan saylangan “Adolat” SDP deputati Babajanov Jamolbek Jumabayevich o‘z saylov okrugidagi Katqal’a mahallasining Uch Chinor ko‘chasi, 200-uyda yashovchi, davlat ta’minotidagi M.E. oilasining holatini o‘rgandi.
🤝O‘rganishda Kengash kotibiyati mudiri I. Masharipov, tuman Kengashi deputati M. Nurjanova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov ishtirok etdilar.
🐄 Ma’lum qilinishicha, mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi J. Sultonov ko‘magida oilaga 30 million 900 ming so‘m imtiyozli kredit ajratilib, 3 bosh qoramol olib berilgan.
🤝 O‘rganishdan maqsad — oilaning turmush sharoitini yaxshilash, bandligini ta’minlash hamda daromad manbalarini mustahkamlashga qaratilgan ishlarni o‘rganishdan iborat.