Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Yo‘rmado‘z mahallasidagi bolalar maydonchasida aniqlangan kamchilik deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
10-sonli maktabda voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
янв.21
Hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, ishlab chiqarish salohiyatini oshirish hamda mahalliy korxonalarni tashqi bozorlarga olib chiqish iqtisodiy taraqqiyotning muhim omillaridan hisoblanadi. Bu borada tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning faoliyati uchun zarur sharoitlarni yaratish alohida ahamiyatga ega.
янв.21
FHDYO bo‘limida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
Xo‘japorso mahallasida aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Yoyilmada ehtiyojmand fuqaroning uy-joy sharoiti deputatlik nazoratidan o‘tkazildi
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
Navro‘z mahallasidagi elektr ta’minoti bo‘yicha murojaat ijobiy yechim topadigan bo‘ldi
янв.21
Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR

DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR

🌿 Qonunchilik targ‘iboti — tabiatni muhofaza qilish va o‘simliklar salomatligi yo‘lida!

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Sagdullaev Ismoil Usmanovichga Qurilish, agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyati doirasida sohaga oid muhim qonunlar biriktirilgan.

📚 Deputatga biriktirilgan qonunlar:

🔹 “O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni — 2023-yil 9-noyabrdagi O‘RQ-877-son.

🔹 “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (yangi tahrir) — 2018-yil 9-iyuldagi O‘RQ-484-son.

⚖️ Mazkur qonunlar o‘simliklarni zararkunandalar, kasalliklar va boshqa zararli omillardan himoya qilish, o‘simliklar karantini talablariga rioya etish hamda ushbu sohadagi huquqiy munosabatlarni tartibga solishda muhim ahamiyatga ega.

📌 Deputat tomonidan ushbu qonunlarning mazmun-mohiyatini o‘rganish, hududlarda ularning ijrosini tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash hamda qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.

🌱 Tabiatni asrash — kelajakni asrash!

📖 Qonunlarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish va ularning ijrosi ustidan samarali deputatlik nazoratini olib borish ekologik muvozanatni saqlash, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish hamda qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 1