Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Yo‘rmado‘z mahallasidagi bolalar maydonchasida aniqlangan kamchilik deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
10-sonli maktabda voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
янв.21
Hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, ishlab chiqarish salohiyatini oshirish hamda mahalliy korxonalarni tashqi bozorlarga olib chiqish iqtisodiy taraqqiyotning muhim omillaridan hisoblanadi. Bu borada tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning faoliyati uchun zarur sharoitlarni yaratish alohida ahamiyatga ega.
янв.21
FHDYO bo‘limida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
Xo‘japorso mahallasida aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Yoyilmada ehtiyojmand fuqaroning uy-joy sharoiti deputatlik nazoratidan o‘tkazildi
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
Navro‘z mahallasidagi elektr ta’minoti bo‘yicha murojaat ijobiy yechim topadigan bo‘ldi
янв.21
Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
Aholi salomatligi — deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, tibbiyot muassasalaridagi sharoitlar hamda fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlari ta’minlanishi yuzasidan o‘rganishlar izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi deputatlik nazorati Alpomish mahallasida joylashgan 3-sonli oilaviy poliklinikada o‘tkazildi.

O‘rganishda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, 6-“Alpomish” saylov okrugi deputati A.Ashurov, Kengash deputati T.Berdiyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov ishtirok etdi.
Asosiy e’tibor — bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash masalasiga qaratildi.

Mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan 9-yo‘nalish — bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati yuzasidan poliklinikada mavjud imkoniyatlar, imtiyozli toifadagi fuqarolarni dori vositalari bilan ta’minlash amaliyoti hamda ushbu yo‘nalishda aholiga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

Shuningdek, o‘rganish davomida:

▶️ fuqarolarni shifokor qabuliga yo‘naltirish va bemorlarni qabul qilish tizimi;

▶️ tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligi;

▶️ bepul va imtiyozli dori vositalarining mavjudligi hamda ularni fuqarolarga yetkazish holati;

▶️ poliklinika xonalarining sanitariya holati;

▶️ tibbiy jihozlarning sozligi va ulardan foydalanish samaradorligi;

▶️ “Elektron poliklinika” tizimining ishlashi hamda navbatlarni tartibga solish masalalari ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, fuqarolarning murojaatlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ayniqsa, dori vositalari bilan bog‘liq masalalarda aholiga qulaylik yaratish zarurligi ta’kidlandi.

Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni talablari hamda mahalliy Kengash deputatlarining hududlarda qonun hujjatlari ijrosini o‘rganish va nazorat qilish vakolatlari doirasida amalga oshirilmoqda.

Deputatlik nazorati — muammoni aniqlash bilangina cheklanmaydi. Uning asosiy maqsadi — aniqlangan masalalarning amaliy yechimini ta’minlashdir.

Slide 1 of 4