IT—zamonaviy yechimlar sari!
#Yoshlar_maslahat_guruhi
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi raisi M.Sadullayev tomonidan tumandagi IT markazida tahsil olayotgan yoshlar bilan “IT—zamonaviy yechimlar sari” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.
💡 Muloqot davomida axborot texnologiyalarining atrof-muhitni muhofaza qilishdagi o‘rni, ekologik muammolarni aniqlash va ularga innovatsion yechimlar topish imkoniyatlari haqida fikr almashildi. Shuningdek, ekologik monitoring, chiqindilarni boshqarish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va raqamli texnologiyalar orqali ekologik madaniyatni yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.