Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Yo‘rmado‘z mahallasidagi bolalar maydonchasida aniqlangan kamchilik deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
10-sonli maktabda voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
янв.21
Hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, ishlab chiqarish salohiyatini oshirish hamda mahalliy korxonalarni tashqi bozorlarga olib chiqish iqtisodiy taraqqiyotning muhim omillaridan hisoblanadi. Bu borada tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning faoliyati uchun zarur sharoitlarni yaratish alohida ahamiyatga ega.
янв.21
FHDYO bo‘limida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
Xo‘japorso mahallasida aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Yoyilmada ehtiyojmand fuqaroning uy-joy sharoiti deputatlik nazoratidan o‘tkazildi
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
Navro‘z mahallasidagi elektr ta’minoti bo‘yicha murojaat ijobiy yechim topadigan bo‘ldi
янв.21
Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
💻 Deputatdan maktab ma’muriyatiga amaliy yordam


Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Turdiyev Anvar Xaytbayevich o‘zi saylangan “Shamchiroq” MFY 11-Aqsungul saylov okrugi hududida joylashgan 9-sonli maktabga amaliy yordam ko‘rsatdi.

🤝 Deputat maktabning ma’naviyat va ma’rifat xonasi uchun kompyuter sovg‘a qildi. Mazkur kompyuter maktab ma’muriyati hamda pedagog xodimlarning ish faoliyatida, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni rejalashtirish va tegishli hujjatlarni tayyorlash jarayonida foydalanish uchun xizmat qiladi.

🏫 Maktab ma’muriyati ta’lim muassasasining moddiy-texnik imkoniyatlarini yaxshilashga qaratilgan ushbu amaliy ko‘mak uchun deputatga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

🌿 Ta’lim muassasalarining ish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, pedagoglar va maktab ma’muriyati uchun zarur sharoitlar yaratishga ko‘maklashish — ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi muhim tashabbusdir.

Slide 1 of 2