Oilalar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini chuqur o‘rganish va amaliy yechim topish masalalari deputatning doimiy e’tiborida.
♻️ Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi 25-okrug deputati M. Nazarov “Obod to‘qimach” MFY hududida bo‘lib, Navbahor ko‘chasi 1-uyda yashovchi Vazira Numanova xonadonida kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
♻️ O‘rganish davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj va daromadi past oilalarning bandligini ta’minlash, doimiy daromad manbalarini yaratish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda kasb-hunarga o‘qitish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
♻️ Shuningdek, xonadonning mavjud sharoiti va ehtiyojlari o‘rganilib, aniqlangan muammolarni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Deputat — xalq bilan birga, muammolar yechimi sari!