Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Yo‘rmado‘z mahallasidagi bolalar maydonchasida aniqlangan kamchilik deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
10-sonli maktabda voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
янв.21
Hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, ishlab chiqarish salohiyatini oshirish hamda mahalliy korxonalarni tashqi bozorlarga olib chiqish iqtisodiy taraqqiyotning muhim omillaridan hisoblanadi. Bu borada tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning faoliyati uchun zarur sharoitlarni yaratish alohida ahamiyatga ega.
янв.21
FHDYO bo‘limida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
Xo‘japorso mahallasida aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Yoyilmada ehtiyojmand fuqaroning uy-joy sharoiti deputatlik nazoratidan o‘tkazildi
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
Navro‘z mahallasidagi elektr ta’minoti bo‘yicha murojaat ijobiy yechim topadigan bo‘ldi
янв.21
Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
#munosabat

🔰#munosabat

🏦Ta’lim va ilm-fan tizimining yagona boshqaruv asosida birlashtirilishi mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim tashkiliy qadamdir. Prezident Farmonida maktabgacha ta’limdan boshlab oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’limgacha bo‘lgan bosqichlar o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash, ta’limni ilm-fan bilan integratsiya qilish asosiy maqsadlardan biri sifatida belgilangan.
🏦Deputat sifatida ta’kidlash joizki, mazkur o‘zgarishning amaliy samarasi, avvalo, ta’lim sifati, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, pedagog va olimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega kadrlar tayyorlashda namoyon bo‘lishi muhim.
🏦Yagona tizim ta’limning barcha bosqichlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirib, yosh avlodning bilim olishidan tortib, kasbiy va ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishigacha bo‘lgan jarayonni yanada izchil tashkil etishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Zilola Shomurodova,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt