Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Navro‘z mahallasidagi elektr ta’minoti bo‘yicha murojaat ijobiy yechim topadigan bo‘ldi
янв.21
Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘rmado‘z mahallasida yoshlar bilan ishlash va ijtimoiy himoya tizimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
4-Yo‘rmado‘z saylov okrugida mavjud muammolar va qonunchilik ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi natijasida murojaat ijobiy yechim topdi
янв.21
19-sonli maktabda voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari o‘rganildi
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
Yoyilma mahallasida ehtiyojmand fuqaroning uy-joy sharoiti yaxshilandi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 31-oktabrdagi KQ-846-IV-son qarori bilan “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi Namunaviy nizom” tasdiqlangan.
янв.21
📌 Doimiy komissiya faoliyati bilan tanishing!
3-sonli oilaviy poliklinikada ta’mirlash ishlari o‘rganildi

3-sonli oilaviy poliklinikada ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati I.Kamolov tomonidan 3-sonli oilaviy poliklinikada olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishildi.

O‘rganish davomida tibbiyot muassasasi binosining tashqi fasadini ta’mirlash, obodonlashtirish hamda belgilangan qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi.

Mas’ullar bilan suhbat davomida 3-sonli oilaviy poliklinikaning tashqi fasadini ta’mirlash ishlari Mustaqillik bayrami arafasida yakunlanishi rejalashtirilgani ta’kidlandi.

Shuningdek, ta’mirlash ishlarini sifatli amalga oshirish, hududni obodonlashtirish hamda aholi uchun qulay va zamonaviy sharoitlarni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun munosib shart-sharoitlar yaratish hamda tibbiyot muassasalarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarining samaradorligini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.

Slide 1 of 4