Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Yo‘rmado‘z mahallasidagi bolalar maydonchasida aniqlangan kamchilik deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
10-sonli maktabda voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
янв.21
Hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, ishlab chiqarish salohiyatini oshirish hamda mahalliy korxonalarni tashqi bozorlarga olib chiqish iqtisodiy taraqqiyotning muhim omillaridan hisoblanadi. Bu borada tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning faoliyati uchun zarur sharoitlarni yaratish alohida ahamiyatga ega.
янв.21
FHDYO bo‘limida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
Xo‘japorso mahallasida aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Yoyilmada ehtiyojmand fuqaroning uy-joy sharoiti deputatlik nazoratidan o‘tkazildi
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
Navro‘z mahallasidagi elektr ta’minoti bo‘yicha murojaat ijobiy yechim topadigan bo‘ldi
янв.21
Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
Toshkent shahar Olmazor tumani 24-sonli ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktabining sport zali holati o‘rganildi
Toshkent shahar Olmazor tumani 24-sonli ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktabining sport zali holati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi PQ-392-son “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fani o‘qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini tumanda o’rganish masalasi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva,
26-Farobiy saylov okrugiga yangi saylangan deputat N.Kamalova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Shopotixovlar Olmazor tumani “Qo`shtut” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, ta’lim muassasasidagi sport zalining holati bilan yaqindan tanishdilar.

🔎 O‘rganish davomida sport zalining  12*24  oʻlchamdaligi yangi holatdaligi hamda moddiy-texnik holati, mavjud sport jihozlari va anjomlari, o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar, sport mashg‘ulotlaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

Maktabning ochiq hududida bolalar uchun futbol maydonchasi qurib bitkazildi bolalar uchun topshirildi.

⚽️ O‘quvchilarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda maktab sport zallarining ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Slide 1 of 9