Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Yo‘rmado‘z mahallasidagi bolalar maydonchasida aniqlangan kamchilik deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
10-sonli maktabda voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
янв.21
Hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, ishlab chiqarish salohiyatini oshirish hamda mahalliy korxonalarni tashqi bozorlarga olib chiqish iqtisodiy taraqqiyotning muhim omillaridan hisoblanadi. Bu borada tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning faoliyati uchun zarur sharoitlarni yaratish alohida ahamiyatga ega.
янв.21
FHDYO bo‘limida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
Xo‘japorso mahallasida aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Yoyilmada ehtiyojmand fuqaroning uy-joy sharoiti deputatlik nazoratidan o‘tkazildi
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
Navro‘z mahallasidagi elektr ta’minoti bo‘yicha murojaat ijobiy yechim topadigan bo‘ldi
янв.21
Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
Jamoat transporti tizimi o‘rganildi va tahlil qilindiJamoat transporti tizimi o‘rganildi va tahlil qilindi

          Jamoat transporti tizimi o‘rganildi va tahlil qilindi

Shahar Kengashi kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev boshchiligida Kengash xodimlari ishtirokida Namangan viloyati Transport boshqarmasida shahrimizdagi jamoat transportining muntazam harakatlanishi, avtobus bekatlarining holati hamda chiptalarni xarid qilishning qulayligi atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida jamoat transporti yo‘nalishlarining belgilangan jadval asosida harakatlanishi, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, avtobus bekatlarining sanitariya holati va infratuzilmasi, shuningdek, chiptalarni xarid qilish tizimidagi mavjud imkoniyatlar va qulayliklar batafsil tahlil qilindi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda aholiga qulaylik yaratish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.
 

Slide 1 of 10