Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Fuqarolar murojaatlari tinglanib, yechimlar belgilanmoqda

#deputatlik_faoliyati_Uchtepa #haftalik_ish_reja_ijrosi #fuqarolar_qabuli

Fuqarolar murojaatlari tinglanib, yechimlar belgilanmoqda

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Bunyod Mamadjanov tomonidan fuqarolarning navbatdagi qabuli o‘tkazildi.

📇 Qabul davomida 2 nafar fuqaroning murojaatlari atroflicha tinglanib, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.

📁 Shuningdek, murojaatlarda bayon etilgan masalalarni amaldagi qonunchilik talablari asosida o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

📈 Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarga amaliy yechim topish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3