Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Marg‘ilonning xalqaro maydondagi nufuzi yuksalmoqda
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
Zuhro mahallasida bolalar maydonchalaridagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
18-sonli maktabda “Davlat tili haqida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Mashad qabristonidagi holat deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
MAHALLIY KENGASH KOTIBIYATLARI FAOLIYATI HAFTALIK SARHISOB QILINDI
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Yovqochar mahallasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Ipak yo‘li mahallasida ijtimoiy holat va ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar o‘rganildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida Marg‘ilon shahrida deputatlik o‘rganishlari davom ettirilmoqda.
Yoshlar ta’lim-tarbiyasi — e’tibor va mas’uliyatda

Shu maqsadda Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashiga 21-“Joziba” saylov okrugidan saylangan deputat Nigora Haydarova o‘z saylov okrugiga qarashli «Jarqishloq» mahallasidagi 28-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilarning otalari ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbatida ishtirok etdi.

Muloqot davomida yosh o‘quvchilarning to‘g‘ri ta’lim-tarbiya olishi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlikka qiziqishini oshirish hamda maktabdagi ta’lim jarayonida ota-onalarning faol ishtirokini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Deputat N. Haydarova o‘z fikrlarida farzand tarbiyasida ota-onaning shaxsiy namunasi, e’tibori va mas’uliyati muhim o‘rin tutishini ta’kidlab, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi.

Davra suhbatida ota-onalar bilan ochiq muloqot qilinib, farzandlarning ta’lim-tarbiyasi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Farzand tarbiyasi — oila, maktab va jamoatchilikning mushtarak mas’uliyati.

Slide 1 of 1