Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar doirasida deputat N.Allayorova tomonidan ilgari surilgan murojaat va deputatlik so‘rovi natijalari ham muhokama qilinadi.
⚡️ Ilm mahallasida tuman elektr tarmoqlari korxonasiga deputatlik so‘rovi yuborilib, beton ustunlar o‘rnatish masalasi ko‘tarilgan.
⚠️ Mazkur masala aholining xavfsizligi nuqtayi nazaridan dolzarb. Ayniqsa, kuz-qish mavsumida kuchli shamol, yog‘ingarchilik va noqulay ob-havo sharoitida mavjud ustunlarning sinib yoki qulab tushish ehtimoli yuqori ekani qayd etilgan.