Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

DOIMIY KOMISSIYA VA HAMKOR TASHKILOT: AMALIY HAMKORLIK

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati F. Islomova tomonidan tuman Xalq banki faoliyati bilan tanishish maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.

Uchrashuv davomida bank tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, fuqarolar murojaatlari, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda aholi bandligini ta’minlash yo‘nalishidagi ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Shuningdek, fuqarolarning murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni o‘rganish, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Slide 1 of 2