Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Davlat mablag‘laridan foydalanish holati maxsus savolnoma asosida o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-apreldagi 225-son qarori bilan belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganilmoqda.
O‘rganish jarayonining tizimliligi va xolisligini ta’minlash maqsadida ishchi guruh tomonidan mavjud muammolar, aniqlangan muammolarni bartaraf etish holatini o‘rganishga qaratilgan maxsus savolnoma ishlab chiqildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolar umumlashtirilib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Slide 1 of 1