Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Davlat mablag‘laridan foydalanish samaradorligi o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-apreldagi 225-son qarori bilan belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganilmoqda.

🔎 Mazkur yo‘nalishda belgilangan vazifalarni samarali tashkil etish, ijro holatini joyiga chiqqan holda o‘rganish va mavjud muammolarni aniqlash maqsadida doimiy komissiya tomonidan ishchi guruh shakllantirildi.

📌 Ishchi guruh tomonidan davlat mablag‘lari hisobidan band bo‘lmagan aholiga berilayotgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa to‘lovlarning maqsadli yo‘naltirilishi, ulardan samarali foydalanilishi hamda belgilangan talablar asosida amalga oshirilishi o‘rganilmoqda.

Slide 1 of 1