🔰#munosabat
🔽O‘zbekistonlik harbiylar xalqaro maydonda g‘olib
🇺🇿O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilaridan tashkil topgan jamoa Koreya Respublikasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
👉Musobaqa davomida o‘zbekistonlik harbiylar o‘zlarining yuqori jismoniy tayyorgarligi, kuch-g‘ayrati va mahoratini namoyish etdi. Turli yo‘nalishlarda munosib natijalar qayd etilib, ayrim bellashuvlarda rekord ko‘rsatkichlar yangilandi.
👉Mazkur yutuq O‘zbekiston harbiy xizmatchilarining xalqaro sport maydonidagi salohiyati, puxta tayyorgarligi va Vatan sha’nini munosib himoya qila olish qobiliyatini yana bir bor namoyon etdi.
👉Xalqaro turnirdagi ushbu g‘alaba mamlakatimiz harbiylari uchun muhim natija bo‘lib, yosh avlodni jismoniy chiniqish, sportga qiziqish va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda ham alohida ahamiyat kasb etadi.
🌏O‘zbekistonlik harbiylarni ushbu munosib g‘alaba bilan tabriklaymiz!
Baxronjon Yusupov,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,