35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
26-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida sharoitlar va qishga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Qirguli mahallasida chiqindilar bilan bog‘liq murojaat ham o‘rganildi .
янв.21
Qirguli mahallasida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar bilan bir qatorda, yoshlar bilan ishlash tizimi ham o‘rganildi.
янв.21
#doimiy_komissiya 📢 E’LON
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Yoyilma mahallasida ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Istiqlol mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Toshkesar mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlarining nazorat faoliyatini kuchaytirish, hududlarda aholining muammolarini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularni hal etishga ko‘maklashish maqsadida navbatdagi deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi.
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlarining nazorat faoliyatini kuchaytirish, hududlarda qonun hujjatlari ijrosini bevosita joyiga chiqib o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni tegishli tartibda bartaraf etish maqsadida navbatdagi deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi.
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI

 Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 19-“Chashma” saylov okrugidan saylangan deputat Xojiboyev Jalol Xotamboyevich tomonidan jamoatchilik nazorati doirasida Parkent tumani So‘qoq qishloq vrachlik punktida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida tibbiyot muassasasining mavjud holati, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati va samaradorligi, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularga zarur tibbiy yordamni o‘z vaqtida tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, tibbiyot xodimlarining faoliyati, ularning aholi bilan muloqoti, fuqarolarga tibbiy maslahat va amaliy ko‘mak ko‘rsatish jarayoni, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.
🧪 LABORATORIYA XIZMATLARI HAM E’TIBORDA
O‘rganish jarayonida laboratoriya bo‘limining faoliyati bilan ham yaqindan tanishildi. Laboratoriya bo‘limi shifokori Shodiyeva Xilola hamda laborant Xasanova Surayyo bilan suhbat o‘tkazilib, bo‘limning bugungi kundagi faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan laboratoriya xizmatlari va mavjud imkoniyatlar yuzasidan ma’lumotlar olindi.
Ma’lum qilinishicha, ayni vaqtda laboratoriya bo‘limida 10 ta yo‘nalish bo‘yicha laboratoriya tekshiruvlari amalga oshirilmoqda. 🧫 Mazkur xizmatlarning mavjudligi fuqarolarni zarur tibbiy tekshiruvlardan o‘z vaqtida o‘tkazish, kasalliklarni erta aniqlash hamda davolash jarayonini to‘g‘ri tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘rganish davomida aholining salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarning oldini olish, fuqarolarni tibbiy ko‘rik va maslahatlar bilan qamrab olish, zarur hollarda bemorlarni tegishli tibbiyot muassasalariga yo‘naltirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.
Fuqarolar bilan muloqot davomida ularning tibbiy xizmatlardan foydalanish bilan bog‘liq fikr va takliflari tinglandi. Har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondashish, aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda murojaatchilar uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.
 Aholi salomatligi — doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlikni talab etadigan muhim yo‘nalish.
Ayniqsa, keksalar, bolalar, homilador ayollar hamda tibbiy ko‘makka ehtiyoji bo‘lgan fuqarolarga zarur yordamni o‘z vaqtida ko‘rsatish birlamchi tibbiy bo‘g‘inning ustuvor vazifalaridan ekani qayd etildi.
Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan suhbat davomida muassasaning faoliyati, aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonida uchrayotgan masalalar, laboratoriya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari va tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish bo‘yicha fikr almashildi.
O‘rganish yakunida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish, tibbiy ko‘rik va laboratoriya tekshiruvlarini samarali tashkil etish, kasalliklarning oldini olish hamda aholining salomatligini mustahkamlashga qaratilgan profilaktik tadbirlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🌿 Inson salomatligi — eng katta boylik. Sifatli tibbiy xizmat esa ushbu boylikni asrashning muhim omilidir. 🩺💚

Slide 1 of 5