Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputatlik nazoratini tashkil etishning amaliy mexanizmlari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
26-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida sharoitlar va qishga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Qirguli mahallasida chiqindilar bilan bog‘liq murojaat ham o‘rganildi .
янв.21
Qirguli mahallasida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar bilan bir qatorda, yoshlar bilan ishlash tizimi ham o‘rganildi.
янв.21
#doimiy_komissiya 📢 E’LON
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Yoyilma mahallasida ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
DEPUTATLIK SO‘ROVI

DEPUTATLIK SO‘ROVI
131-ds-468-26-SON
QO‘SHKO‘PIR TUMANI KADASTR AGENTLIGI RAHBARI D.POLVONOVGA
1. DEPUTAT TASDIQLAYDI
1.1 Men Tillayeva Mexribon Botirovna 14-O‘rtayop saylov okrugi deputati sifatida o‘z saylov okrugimda saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdim.
1.2 O‘rtayop mahallasi aholisi mahallada maktabgacha ta’lim tashkiloti (MTT) yo‘qligini bildirdi. Avval 100 o‘rinli bog‘cha bo‘lgan, lekin yillar davomida yaroqsiz holga kelgan.
1.3 Tuman hokimligi sa’y-harakati bilan obyekt kim oshdi savdosiga chiqarildi. Sharti: MTT qurilishi belgilangan. Tadbirkor g‘olib bo‘ldi va bog‘cha qurishga va’da berdi.
2. HOLAT VA ASOSLAR
2.1 Biroq, qurilish amalga oshirilmagach, o‘rganildi. Natijada: kadastr ma’lumotlarida ushbu obyekt turi “yakka tartibdagi uy-joy” sifatida ko‘rsatilgan.
2.2 MTT qurish sharti bilan sotilgan obyekt qanday asosda va qaysi hujjatlarga muvofiq uy-joyga aylantirilgan? Bu holat qonuniy rasmiylashtirilganmi?
2.3 Qonun talabiga ko‘ra deputatlik so‘roviga 10 kun muddat ichida asoslantirilgan javob berilishi shart. Aks holda ma’muriy javobgarlik belgilangan.