AHOLI MUAMMOLARINI HAL ETISHDA KENGASH VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI
🤝 Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari hamda “Mahalla yettiligi” hamkorligi orqali fuqarolar murojaatlari o‘rganilib, dolzarb muammolar bosqichma-bosqich hal etib boriladi.
Mahalla darajasida aniqlangan masalalar zaruratga qarab tuman, viloyat va respublika darajasida ko‘rib chiqilib, tegishli chora-tadbirlar belgilanadi.
✅ Ushbu hamkorlik:
🔹 aholi murojaatlarini tezkor o‘rganish;
🔹 bandlik va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash;
🔹 ijtimoiy himoya va xizmatlar sifatini oshirish;
🔹 yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash;
🔹 mahallalarda barqaror rivojlanishni ta’minlashga xizmat qiladi.
Xalq deputatlari Koson tuman Kengashi fuqarolar manfaatlarini ta’minlash, hududlarni rivojlantirish va aholi muammolariga samarali yechim topish yo‘lida izchil faoliyat olib bormoqda.