Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati D.Danayev tomonidan Do‘stlik mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati o‘rganildi.
➡️Murojaat davomida fuqaro tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish maqsadida imtiyozli kredit olishga ehtiyoji borligini bildirdi.
➡️Murojaatni o‘rganish jarayonida masalani amaldagi tartib va imkoniyatlar doirasida hal etish yuzasidan mahalla hokim yordamchisiga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
✅Fuqaroga esa kredit olish tartibi, mavjud imkoniyatlardan foydalanish hamda tadbirkorlik tashabbusini amalga oshirish bo‘yicha zarur tavsiyalar bildirildi.
✅Fuqarolar murojaatlarining amaliy yechimi va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash — deputatlik nazoratida.