Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Nurafshon mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Nurafshon mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Oʻrda tagi mahallasida bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha holat o‘rganildi
янв.21
Yovqochar mahallasida bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha holat o‘rganildi
янв.21
Shahar soliq inspeksiyasi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
O‘rda tagi mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oliy Majlis Senati tomonidan joriy yilning 22-sentabr kuni “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish, bandlikni ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida ta’sirchan deputatlik nazoratini amalga oshirish, shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlashni samarali tashkil etish” mavzusida seminar o‘tkazildi.
янв.21
Shundan so‘ng xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputatlari Z.G‘ofurova va Sh.Ermatov, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev, kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A.Turdaliyev ishtirokida shahar hokimligida tashkil etilgan “Shtab” faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

19¹-modda
Deputat nazorati olib borildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 18-Cho‘yinchi–Qishloqbozor saylov okrugi deputati B.Toshpo‘latov hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo‘janazarov tomonidan deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida “Qishloqbozor” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi S. Najiyevning faoliyati ko‘rib chiqildi.

Jarayon davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, belgilangan vazifalarning ijrosi hamda fuqarolar manfaatlariga xizmat qiluvchi yo‘nalishlardagi faoliyatga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, hali amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar, mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish imkoniyatlari va kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashildi.

🔹 Yakunda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish hamda mahallada olib borilayotgan ishlarning natijadorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3