35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Yoyilma mahallasida ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Istiqlol mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Toshkesar mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlarining nazorat faoliyatini kuchaytirish, hududlarda aholining muammolarini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularni hal etishga ko‘maklashish maqsadida navbatdagi deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi.
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlarining nazorat faoliyatini kuchaytirish, hududlarda qonun hujjatlari ijrosini bevosita joyiga chiqib o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni tegishli tartibda bartaraf etish maqsadida navbatdagi deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi.
янв.21
Mahalliy Kengashlarning nazorat funksiyasini kuchaytirish, deputatlar faoliyati samaradorligini oshirish hamda hududlarda qabul qilingan qarorlar ijrosini bevosita joyida o‘rganish maqsadida belgilangan 24 ta muhim tavsiya asosida navbatdagi deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi.
янв.21
DARSLIKLAR TA’MINOTI NAZORATDA
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishi o‘tkazilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#24_ta_masala
#Oylik_ish_reja_ijrosi
📍 “BALXIGUZAR” MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI: YOSHLAR VA AHOLI MASALALARI E’TIBORDA


👤 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 13-“Qo‘shtegirmon” saylov okrugi deputati N. Saidova tomonidan deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida “Balxiguzar” mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.

📋 O‘rganishda mahalla aholisi murojaatlarini ko‘rib chiqish va ularning yechimini ta’minlash, oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, fuqarolar uchun yangi daromad manbalarini yaratish hamda bandlik masalalariga e’tibor qaratildi.

👩‍💼 Yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida esa “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolari, ularning ehtiyojlarini aniqlash va mavjud masalalarni manzilli hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

🔎 O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berilib, belgilangan vazifalar ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

🤝 Mahalladagi har bir masalaning ortida inson taqdiri turadi. Shu bois muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimini izchil nazorat qilish muhim.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3