35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Yoyilma mahallasida ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Istiqlol mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Toshkesar mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlarining nazorat faoliyatini kuchaytirish, hududlarda aholining muammolarini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularni hal etishga ko‘maklashish maqsadida navbatdagi deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi.
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlarining nazorat faoliyatini kuchaytirish, hududlarda qonun hujjatlari ijrosini bevosita joyiga chiqib o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni tegishli tartibda bartaraf etish maqsadida navbatdagi deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi.
янв.21
Mahalliy Kengashlarning nazorat funksiyasini kuchaytirish, deputatlar faoliyati samaradorligini oshirish hamda hududlarda qabul qilingan qarorlar ijrosini bevosita joyida o‘rganish maqsadida belgilangan 24 ta muhim tavsiya asosida navbatdagi deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi.
янв.21
DARSLIKLAR TA’MINOTI NAZORATDA
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishi o‘tkazilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI

MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF–209-son “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida mahalla tizimida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan navbatdagi o‘rganish o‘tkazildi.
🇺🇿 Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 3-“Bog‘bon” saylov okrugidan saylangan deputat To‘layev Eldor Zafaritdin o‘g‘li tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “Qayilma” mahallasida o‘rganish olib borildi.
✅ O‘rganish davomida deputat mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Xususan, hududda yashovchi yolg‘iz yashovchi fuqarolar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, kam ta’minlangan oilalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar hamda turli muammolarga duch kelgan oilalarni aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish va zarur ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
✅ O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim tomonidan ko‘ngilli insonlarni jalb qilgan holda og‘ir kasallikka chalingan 1 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, 10 nafar fuqaroga oziq-ovqat mahsulotlari hamda 1 nafar fuqaroga uy-joy ta’miri uchun amaliy yordam ko‘rsatilgani aniqlandi.
🏥 Shuningdek, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan 3 nafar fuqaroning jarrohlik amaliyotini o‘tkazishi uchun arizalari qabul qilinib, ularning ijrosi ta’minlangan.
✅ Bundan tashqari, 8 nafar fuqaroga kiyim-kechak mahsulotlari, 5 nafar fuqaroga oziq-ovqat mahsulotlari hamda 2 nafar fuqaroga uy-joy ta’miri uchun yordam ko‘rsatish yuzasidan arizalar qabul qilingani qayd etildi.
✅ Nogironligi bo‘lgan 6 nafar bola sport maktabidagi turli to‘garaklarga bepul jalb qilinib, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sportga qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar amalga oshirilgan.
✅ “Vaqf” xayriya jamg‘armasi tomonidan 13 nafar kam ta’minlangan oilalar va 3 nafar yolg‘iz yashovchi fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari berilgan.
✅ Uy ta’limida tahsil olayotgan bolalar monitoring qilinib, ularning ta’lim olish sharoitlari o‘rganildi hamda maktabda ta’lim olishi uchun tegishli tartibda yo‘naltirildi.
✅ Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan 8 nafar ayolga himoya orderi olib berilib, ularning holati yuzasidan monitoring ishlari muntazam olib borilmoqda.
✅ Shuningdek, vasiylik va homiylikka olingan 4 nafar bolaning holati monitoring qilindi.
✅ Vasiylikdagi 1 nafar talaba bolaning kontrakt to‘lovi homiylar tomonidan to‘lab berildi. Shuningdek, 2 nafar bolaga maktab formasi olib berildi.
✅ Deviant xulq-atvorga ega bo‘lgan 3 nafar voyaga yetmaganlarga individual yondashuv asosida tegishli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatildi.
✅O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy muammolarini aniqlash, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash, xayriya jamg‘armalari, homiylar va ko‘ngillilar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning muammolarini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish borasida bir qator ishlar amalga oshirilgani qayd etildi.
➡️ O‘rganish yakunida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlashni davom ettirish, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ijtimoiy xizmatlar qamrovini kengaytirish, vasiylik va homiylikdagi bolalar, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollar hamda alohida e’tiborga muhtoj voyaga yetmaganlar bilan monitoring ishlarini muntazam olib borish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2