35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida 3-Guliston saylov okrugi deputati Z.Domilayev hamda deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganishlar davom ettirildi.
янв.21
Guliston mahallasida ijtimoiy himoya va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
3-Guliston saylov okrugi deputati Z.Domilayev va deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova o‘rganishlarni joyiga chiqqan holda davom ettirib, Marg‘ilon shahar 3-Guliston saylov okrugi hududida, Guliston mahallasida faoliyat yuritayotgan xususiy “Femili Medikal” MChJ faoliyati ham o‘rgandilar. Deputat korxona rahbari N.Qo‘shaqov bilan suhbatlashib, klinikada aholiga, xususan, bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat, yaratilgan sharoitlar hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi bilan tanishdi.
янв.21
Guliston mahallasida aholi bandligi va tadbirkorlik masalalari o‘rganildi
янв.21
1-Maktabdagi ta’lim sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 32-sessiyasida shahar hududida chiqindilar bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari ijrosi, hududlarda sanitariya va obodonlashtirish holatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishi o‘tkazilmoqda.
янв.21
Ko‘kalamzorlashtirish va daraxtlar muhofazasi deputatlik nazoratida
янв.21
Ipak yo‘li ko‘chasidagi yo‘l qoplamasi deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Ekologik konsepsiya ijrosi deputatlik nazoratida
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

#25_sessiya

Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya kun tartibidan o‘rin olgan 4 ta masala deputatlar tomonidan ko‘rib chiqildi. Jumladan, Tuman Adliya bo‘limining 2026-yilning yarim yilligida norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha amalga oshirgan ishlari yuzasidan axboroti tinglandi.

Shuningdek, “Tashabbusli budjet”ning 2026-yil 2-mavsumi yakunlari bo‘yicha g‘olib loyihalarni amalga oshirish va moliyalashtirish, tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish, shuningdek, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish hamda Kengashning avvalgi qaroriga o‘zgartirish kiritish masalalari ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarning axborot va hisobotlari tinglanib, deputatlar tomonidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 7