35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Maktab hududidagi yaroqsiz suv havzalari deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Yoshlar bilan ishlashdagi muammolar va ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Aholi ijtimoiy farovonligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va oilalar uchun barqaror daromad manbalarini yaratishga qaratilgan ishlar davom etmoqda.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Navro‘z MFYda ko‘chaboshilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat M.Mirzayev 17-Navro‘z saylov okruglida “Ariq bo‘yi” mahallasida o‘rganish olib borildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI
янв.21
Eshonguzar ko‘chasidagi yo‘l-ta’mirlash ishlari bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA OILALARNI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 3 sentyabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida mahallalarda oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, ularning doimiy daromad manbalarini shakllantirish hamda aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati asosida ko‘rib chiqilmoqda.Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna
tomonidan o‘zi saylangan okrugida o‘ziga biriktirilgan “Beshkappa” mahallasida yoshlar yetakchisi Abror Xakimov bilan hamkorlikda kambag‘allikdan chiqarish, aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar joyida ko‘rib chiqildi.Jarayon davomida “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalar bilan ishlash, ularning ehtiyojlari va mavjud imkoniyatlarini aniqlash, oilalarni daromadli mehnatga jalb etish hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish masalalariga e’tibor qaratildi.Ayniqsa, mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan fuqarolarni ishga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik va o‘zini
o‘zi band qilish imkoniyatlaridan foydalanish orqali oilalarning mustaqil daromad manbalarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.Shuningdek, o‘ziga biriktirilgan mahalladagi “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda kambag‘al va kambag‘allik chegarasidagi oilalarni bosqichma-bosqich kambag‘allikdan chiqarish, har bir oilaning imkoniyatidan kelib chiqib individual yondashuvni yo‘lga qo‘yish hamda bandlikni ta’minlashga qaratilgan ishlarning samaradorligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.Deputat tomonidan oilalarni kambag‘allikdan chiqarishda bir martalik yordamga tayanib qolmasdan, fuqarolarning mehnat salohiyatini ishga solish, ularni doimiy bandlikka yo‘naltirish va barqaror daromad manbalarini shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.O‘rganish yakunida o‘ziga biriktirilgan mahallada kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini muntazam nazorat qilib borish,har bir oilaning natijadorligini tahlil qilish hamda aniqlangan muammolarni amaliy hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
  

Slide 1 of 6